Jump to content

Avogadro doimiysi

From Vikipediya
Revision as of 15:03, 30 April 2024 by AramilFeraxa (talk | contribs) (188.113.235.216 tahrirlari 84.54.70.233 versiyasiga qaytarildi)
(diff) ← Older revision | Latest revision (diff) | Newer revision → (diff)

Kimyo va fizikada Avogadro doimiysi (ramzlari: L, NA) zarrachalar (odatda atom yoki molekulalar) soni N ning modda miqdori n (mol) ga nisbati NA = N/n deb aniqlanadi.[1] Yaʼni, u modda molyar massasining oʻsha modda massasiga proporsiyasi faktoridir.[2] Avogadro doimiysi 1 mol moddadagi zarrachalar sonini koʻrsatib, 6.02214129(27)×1023 mol−1 ga tengdir.[2][3][4]

Kimyoviy miqdorning avvalgi taʼriflarida Avogadro soni atamasi ishlatilardi. Xalqaro Birliklar Tizimi asosiy birliklari toʻplamini qayta koʻrib chiqish natijasida kimyoviy miqdor konseptini yangidan belgilashga zarurat tugʻildi. Avogadro soni Perrin tomonidan bir gramm-mol vodoroddagi molekulalar soni qilib tayinlangan edi. U keyinroq 12 g uglerod-12 izotopidagi atomlar soni qilib belgilandi.[5]

Turli birliklarda NA[2] qiymati
6.02214129(27)×1023 mol−1
2.73159734(12)×1026 funt-mol−1
1.707248434(77)×1025 unsiya-mol−1

Manbalar

[edit | edit source]

Havolalar

[edit | edit source]